Italiya terma jamoasiga qaytgan Roberto Manchini o‘z oldiga ambisiyali maqsadlarni qo‘yganini ta’kidladi.
«Men yana g‘alaba qozonish uchun qaytyapman. Menda tajriba va yoshlikning muvaffaqiyatli uyg‘unligi bor. Ammo muvaffaqiyatga erishish uchun biz eng avvalo yaxshi o‘ynaydigan va bundan zavq oladigan jamoa bo‘lishimiz kerak», — dedi Manchini derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, aynan Roberto Manchini qo‘l ostida Italiya terma jamoasi hozirgacha bo‘lgan oxirgi yirik muvaffaqiyatiga erishgan edi — 2021 yilda jamoa Yevropa chempioni bo‘lgan. Undan so‘ng terma jamoani Luchano Spalletti va Djennaro Gattuzo boshqarib ko‘rishdi.













