Fransiya terma jamoasi yulduzli sardori Kilian Mbappe milliy jamoa safida 100 ta gollik marraga yetishni istaydimi, degan savolga javob berdi.
"Ikki futbolchi bor — Ronaldu va Messi. Ular buning imkoni borligini isbotlashdi. Agar bu savolni menga avvalroq berganingizda, "yo‘q", deb javob bergan bo‘lardim. Ammo endi bu ikkisi yo‘l ochib berdi. Shunday ekan, nega endi yo‘q?" dedi 27 yoshli Mbappe. Uning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.
Hozirga qadar Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 66 ta gol urgan. U "uch ranglilar" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Avval bu rekord Olivye Jiruga tegishli edi. U Fransiya milliy jamoasi safida 57 ta gol urgan.













