Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Amaldagi kelishuv 2028 yilda o‘z nihoyasiga yetadi, ammo tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan, deb xabar beradi afcnewsroom. Yangi bitim 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. U imzolangan taqdirda, xavbek jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilari qatoridan joy oladi — unga taxminan Bukayo Saka kabi maosh to‘lanadi.
Deklan Rays 2023 yilning yozida «Vest Xem»dan 116 mln yevrodan ortiq mablag‘ evaziga «Arsenal»ga o‘tgan edi. Angliyalik futbolchi «kanonirlar» safida 165 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 33 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













