Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida urgan gollari bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi.
27 yoshli hujumchi Millatlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi o‘yinda (1:0) raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Kilianning Fransiya milliy terma jamoasi libosidagi 67-goli bo‘ldi.
Fransiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Olivye Jiru egallab turibdi – uning hisobida 57 ta gol bor. Uchinchi o‘rinda esa 51 ta gol bilan Tyerri Anri joylashgan.













