«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumdan oldingi bosqichi yarim finalida Milanning «Inter» klubidan uchratilgan mag‘lubiyatni yodga oldi.
Birinchi uchrashuv durang bilan yakunlangan edi (3:3), javob o‘yinida esa «neradzurri» o‘z maydonida qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alabani ilib ketgandi (4:3).
«Agar biz «Inter»ga qarshi o‘sha o‘yinni bugun o‘tkazganimizda, g‘alaba qo‘limizdan chiqib ketmasdi. Jamoamiz tajriba orttirdi, ancha ulg‘aydi. Biz o‘yinning hal qiluvchi paytlarida nazoratni ushlab turishni o‘rgandik, o‘shanda esa, ehtimol, haddan tashqari hissiyotga berilib, oxirigacha bosim o‘tkazishga uringandirmiz», — deydi Martin «Inter»ga qarshi o‘tgan yilgi qarama-qarshilik haqida.
Bu yil Xans-Diter Flik jamoasi Madridning «Atletiko» klubiga imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasining 1/4 finalida turnirni tark etdi.













