Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA «Fenerbaxche»ga uch transfer oynasiga taqiq qo‘ydi

FIFA «Fenerbaxche»ga uch transfer oynasiga taqiq qo‘ydi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyasi — FIFA «Fenerbaxche»ga uchta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi.

Turkiya klubi hal etilmagan moliyaviy majburiyatlari sabab sanksiya qo‘llanilgan jamoalarning yangilangan ro‘yxatiga kiritildi.

Hozircha na FIFA, na «Fenerbaxche» rahbariyati qarz miqdori va da’vo qilayotgan tomon kim ekanini ma’lum qilgan. Klub ham aksiyadorlar yoki matbuot uchun rasmiy bayonot bergani yo‘q.

«Fenerbaxche» qarzni to‘liq uzishi bilan transfer taqiqi bekor qilinishi mumkin. Biroq muammoni hal qilish cho‘zilib ketsa, yangi futbolchilar bilan oldindan erishilgan kelishuvlar buzilishi va jamoadagi barqarorlikka ta’sir qilishi mumkin.

Shu sabab «Fenerbaxche» keyingi transfer oynasi ochilguniga qadar masalani tezda hal qilishi kerak. Bu jamoaga Turkiya chempionligi uchun kurash va yevrokuboklarda ishtirok etish uchun tarkib chuqurligini saqlab qolish imkonini beradi.

Kiritildi: 14:58, 26.09.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик