"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda nega yanada sermahsul bo‘lib qolganini tushuntirdi.
19 yoshli futbolchi xalqaro tanaffusga qadar "Barselona" safida 8 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
U terma jamoada ham yuqori natijadorlikni davom ettirib, Millatlar ligasidagi ikki o‘yinda 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
"Men rivojlanyapman. 16 yoshimdan beri o‘ynayapman va har bir mavsumda o‘yinim yanada yaxshilanadi. Barchasini jamoa manfaati uchun qilaman", — deya Yamalning so‘zlarini The Touchline keltiradi.
O‘tgan mavsumda Lamin Yamal Xansi Flik jamoasi safida 45 ta uchrashuvda 24 ta gol urib, 18 ta golli uzatma amalga oshirgan.













