Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Cheferin Infantinoni iste’foga chaqirdi: «Yetar deyish vaqti keldi»

Baho:
+ | -

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin FIFA rahbari Janni Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi. Cheferin futbol sotilmasligi va u uni boshqarayotgan shaxslardan ustun ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Sloveniyalik funksioner Yevropa klublari assosiasiyasi (ECA) yig‘ilishida nutq so‘zladi. Infantino ham ushbu tadbirga taklif etilgan edi, ammo unda ishtirok etmadi.

«Yetar deyish vaqti keldi. Tasavvur qiling, sizdan yashirincha sizning merosingizni sotish masalasini muhokama qilishyapti. Futbol uni boshqarayotganlardan muhimroq», — deya Cheferinning so‘zlarini L'Equipe keltirdi.

Avvalroq UEFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfiy nomzodini ilgari surishni rejalashtirgani xabar qilingan edi. Biroq Al-Xelayfiy bu taklifni rad etgan va Cheferinga UEFA prezidenti lavozimiga yana bir bor saylanishni taklif qilgan.

Kiritildi: 12:46, 30.09.2026.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик