Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush va Portugaliya futbol federasiyasi rahbari Pedru Proensa Krishtianu Ronalduni milliy jamoa qarorgohini tark etmaslikka ko‘ndirishga harakat qilgan.
Futbolchilar Kopengagendagi mehmonxonaga Ronaldu, Jezush va Proensasiz qaytib kelishgan. Hujumchi Daniya poytaxtini shaxsiy samolyotida tark etib, Madridga uchib ketishi kerak.
A Bola ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa murabbiyi va federasiya rahbarining futbolchi bilan muzokaralari natija bermagan.
Ronaldu Jezush matbuot anjumanida hujumchi Daniyaga qarshi o‘yinda ham ehtimol zaxirada qolishini aytganidan so‘ng uchib ketishga qaror qilgan. Avvalroq u Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi uchrashuvning barcha 90 daqiqasini zaxirada o‘tkazgan.













