Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kurtua: «Rafinya yetarlicha qadrlanmayapti»

Kurtua: «Rafinya yetarlicha qadrlanmayapti»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona» hujumchisi Rafinya Diasning o‘yinidan taassurot olganini tan oldi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida sakkizta o‘yinda 14 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Menga Rafinya juda yoqadi. Balki uni yetarlicha qadrlashmayotgandir. U o‘z jamoasi uchun juda muhim futbolchi, ko‘p gol uradi. Biz «el klasiko»da uni to‘xtatishimiz kerak», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 25 oktyabr kuni kataloniyaliklar maydonida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Xans-Diter Flik jamoasi La Liga turnir jadvalida yetti turdan keyin 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Qirollik klubi» 15 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 04:59, 01.10.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик