Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Manchester Yunayted» qishda «Barselona» futbolchisini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi

«Manchester Yunayted» qishda «Barselona» futbolchisini transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning qanot himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Avvalroq futbolchi kataloniyaliklar tarkibini tark etish variantini ko‘rib chiqmagan edi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, yozgi transfer oynasidan keyin «Manchester Yunayted»ning yosh ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyati sezilarli darajada oshgan. Bunga Baldening joriy mavsumda deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli Balde Ispaniya chempionatida faqat bir marta maydonga tushdi va golli harakatlari bilan ajralib turmadi.

Baldening «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:50, 01.10.2026.
O'qildi: 1423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик