Bugun Osiyo o‘yinlarida delegasiyamiz umumiy medallar soni bo‘yicha o‘z natijasini yangilay olishi mumkin.
Quyidagi yo‘nalishlarda bugun sportchilarimizdan medallar kutishimiz mumkin:
— dzyudoda terma jamoa bronza medali uchun bahs olib boradi;
— badiiy gimnastikada Taxmina Ikromova oltin medal uchun asosiy da’vogarlar safida;
— erkin kurashning 97 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Sherzod Payonov finalda eronlik Amiroli Azarpiraga qarshi maydonga tushadi.
— taekvondoda Svetlana Osipova va Marat Mavlyanov yarim finalda;
— badiiy gimnastikada guruh bahslari;
— futbol.
Shunday qilib, jami 7 ta medal uchun kurash olib boriladi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng sermahsul Osiyo o‘yinlari — Xanchjou-2022 (22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza, jami 71 medal) hisoblanadi.













