Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng hujumchi Xulian Alvaresning holati haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda Alvares 12 iyundan buyon birinchi marta gol urdi.
«Bu meni xavotirga solmaydi, chunki bunday futbolchilar ba’zan o‘zlari uchun eng yaxshi bo‘lmagan davrni boshdan kechirishi mumkin, keyin esa o‘z darajasiga qaytadi. “Atletiko”ga Xulianning yaxshi formada bo‘lishi kerak.
U hech qachon jamoani xafa qilmaydi, chunki gol urish qobiliyatiga ega», — dedi Skaloni.













