Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Maykl Olise haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bavariya" vingeri yangi murabbiy qo‘l ostida Fransiya termasining uchala golida ham bevosita ishtirok etdi. 24 yoshli futbolchi Italiya va Belgiyaga qarshi uchrashuvlarda bittadan gol urgan bo‘lsa, Turkiya bilan bahsda golli uzatma amalga oshirdi.
"Olise maydon tashqarisida kamgap va biroz tortinchoq. Ammo bu normal holat, chunki o‘yin paytida u butunlay boshqacha — haqiqiy yetakchidek harakat qiladi va to‘p bilan ishlashda o‘z iste’dodini namoyish etadi. U terma jamoa tarkibidan mustahkam joy oldi va klubida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda", — dedi Zidan Telefoot nashriga bergan intervyusida.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonida Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.













