"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rayan Sherki Fransiya terma jamoasidagi sherigi, "Bavariya" futbolchisi Maykl Olise bilan janjallashgani haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
Avvalroq Fransiyaning L’Équipe nashri ikki futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar tarqatgan edi. Manbaning ta’kidlashicha, Olise ayrim o‘yin vaziyatlarida Sherkining qarashlarini har doim ham tushunmagan.
Sherki ushbu xabarga ijtimoiy tarmoqda darhol munosabat bildirdi.
"Navbatdagi uydirma... Qanday ajoyib fantaziya!" — deb yozdi 23 yoshli futbolchi.
Ushbu xalqaro tanaffus davomida Fransiya terma jamoasi uchta uchrashuv o‘tkazdi. Fransuzlar Turkiya va Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, Italiya bilan esa 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
5 oktyabr kuni Fransiya Belgiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.













