Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Biksant Lizarazyu Portugaliya terma jamoasida Krishtianu Ronaldu atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Agar bu voqea davom etadigan bo‘lsa, bu Federasiya, Jorje Jezush va Krishtianu Ronaldu uchun jiddiy xato bo‘ladi. Portugaliya uchun bunday ahamiyatga ega bo‘lgan futbolchi bilan munosabatlar shu tarzda yakunlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu terma jamoa imiji uchun fojia.
Futbolchi yoshi o‘tishi bilan kuch va tezlikning pasayib borayotganini qabul qilishi qiyin. Afsuski, hayot qonuni shu.
U, murabbiy va Federasiya o‘rtasida suhbat o‘tkazilib, barchasi yaxshi yakunlanishi kerak", — dedi Lizarazyu Téléfoot l’After dasturiga bergan intervyusida.













