«Bryugge» hujumchisi Nikolo Tresoldi faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya OAVlari xabar bermoqda.
Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniyaliklar klubi transfer bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor ekanini «Bryugge»ga allaqachon ma’lum qilgan.
«Ko‘k-anorranglilar» Tresoldi transferi uchun 20 milliondan 30 million yevrogacha to‘lashga tayyor. Kelishuvni amalga oshirish qiyin bo‘lmasligi kutilmoqda.













