Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mbappe bilan munosabatlar haqidagi gap-so‘zlar fonida Zidan Dembeleni qo‘llab-quvvatladi

Mbappe bilan munosabatlar haqidagi gap-so‘zlar fonida Zidan Dembeleni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Usmon Dembele "Oltin to‘p" atrofidagi bahslar fonida Fransiya terma jamoasidagi sherigi Kilian Mbappe bilan munosabatlari taranglashgani haqidagi xabarlardan so‘ng e’tibor markazida qoldi.

"PSJ" hujumchisining joriy xalqaro tanaffusdagi natijalari ham muhokamaga sabab bo‘lmoqda. U Millatlar ligasida o‘tkazgan uchta uchrashuvda hali gol ura olmadi.

Biroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Dembeleni tanqid qilishga asos ko‘rmayapti va vaqtincha sardorlik vazifasini bajarayotgan futbolchi bugun Belgiyaga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata olishiga ishonch bildirmoqda.

"PSJ"da u yaxshiroq o‘ynaydimi? Bu yerda-chi? Usmon — Usmon. U juda ko‘p harakat qiladi, o‘z pozisiyasidan chiqib ketadi va aynan shu jihati biz uchun qiziq. Uni tanqid qilish uchun menda hech qanday sabab yo‘q.

U Italiyaga qarshi o‘yindagi chiqishidan keyin ham xotirjam. Endi Belgiyaga qarshi bahsda buni to‘g‘rilashni maqsad qilgan", — dedi Zidan.

Kiritildi: 16:27, 05.10.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик