Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Belgiya ustidan 4:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Fransuzlar 77-daqiqaga qadar hisobda ortda borayotgandi, ammo shundan so‘ng o‘yin taqdirini butunlay o‘zgartirib, raqib darvozasiga ketma-ket to‘rtta gol urdi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya futbolchilari uchrashuv davomida Belgiya jarima maydoni ichida to‘pga 76 marta tegingan. Bu mazkur statistika yuritila boshlangan so‘nggi 20 yil ichida Fransiya terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, Belgiya futbolchilari Fransiya jarima maydonida bor-yo‘g‘i sakkiz marta to‘pga tegingan.
Zinedin Zidan boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasida to‘rt turdan keyin 10 ochko jamg‘arib, «A» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Italiya (7 ochko), Belgiya (6) va Turkiya (6) egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan o‘tgan yozda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Didye Deshamni almashtirgan edi.













