Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Inter» va yana bir qator klublar argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

«Inter» va yana bir qator klublar argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Atletiko Paranaense»da to‘p tepayotgan argentinalik himoyachi Lukas Eskivel Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini Milanning «Inter» klubi, «Lasio», «Shtutgart», «Ayntraxt» va Angliya Premyer-ligasi vakillari kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Eskivel 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Argentinalik futbolchining «Atletiko Paranaense» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:43, 06.10.2026.
O'qildi: 265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик