«Barselona» vingeri Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining Xorvatiyaga qarshi o‘yinida golli harakat qayd eta olmadi.
19 yoshli futbolchi «qizil furiya»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 78-daqiqada zaxiraga olindi. U uchrashuv davomida gol yoki golli uzatma bilan o‘zini ko‘rsata olmadi.
Bu 27 avgustdan buyon Yamal gol urmagan yoki golli uzatma bermagan ilk o‘yin bo‘ldi. O‘sha paytda uni «Atletik» Bilbao himoyachilari neytrallashtirgan edi. Keyingi to‘qqizta klub va terma jamoa o‘yinida esa iqtidorli futbolchi doim gol urdi yoki golli uzatma berdi. Bu davrda u 12 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etdi.
Ispaniya Mikel Merinoning dubl qilishi evaziga Xorvatiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi.













