Taniqli jurnalist Pirs Morgan "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmerning Millatlar ligasi o‘yinlarida Angliya terma jamoasi safida ishtirok etishdan bosh tortganiga munosabat bildirdi.
"Menimcha, u qo‘rqoq. Nazarimda, bu futbolchi o‘zining ulkan iqtidorini shunchaki behuda sarflamoqda. U o‘z mamlakatiga yetarlicha sadoqat ko‘rsatmayotgandek tuyuladi.
Bor kuchini 100 foiz bermaydigan har qanday futbolchi haqida o‘ylab qolasan: unda nima muammo bor?" — dedi Morgan Football Uncensored dasturida.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Palmer xalqaro tanaffusdan qo‘shimcha dam olish uchun foydalanishni o‘zi uchun eng to‘g‘ri qaror deb hisoblab, Angliya terma jamoasi yig‘iniga borishdan bosh tortgan edi.













