France Football jurnalining sobiq bosh muharriri, bir vaqtlar "Oltin to‘p" mukofotiga mas’ul bo‘lgan Paskal Ferre, bir agent ovoz berishga qanday ta’sir ko‘rsatishga uringani haqida gapirdi.
"Bir agent men bilan uchrashmoqchi edi. Uning mijozi nomzod qilib ko‘rsatilgan edi va agent nima uchun mukofotga loyiq ekanligini tushuntirdi. U mendan nomzodini hakamlar hay’atiga "sotishim" mumkinmi, deb so‘radi. Tabiiyki, men rad etdim.
Keyin telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish uchun stolimdan turdim. Qaytib kelganimda, agent yo‘q edi, lekin stolda konvert bor edi. Men uni olib, qabulxonaga uzatdim. Ichida nima borligini bilmasdim", dedi Ferre.
2026 yilgi "Oltin to‘p" mukofotlarini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.













