"Yuventus" qanot himoyachisi Andrea Kambyaso Londonning "Arsenal" klubi qiziqish doirasiga tushdi.
HandofArsenal ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi "kanonirlar"ning tahliliy shtabida yaxshi taassurot qoldirgan. Angliya klubi skautlari italiyalik futbolchining imkoniyatlarini yanada batafsil o‘rganish uchun uni kuzatishda davom etadi.
Biroq hozircha aniq muzokaralar haqida gapirishga erta. "Yuventus" Kambyaso bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Andrea Kambyaso joriy mavsumda Turin klubi safida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi, shundan so‘ng jarohat sabab safdan chiqdi.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.













