Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Braziliya terma jamoasi debyutanti: «Anchelotti menga katta ishonch bag‘ishladi»

Braziliya terma jamoasi debyutanti: «Anchelotti menga katta ishonch bag‘ishladi»

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning PSV klubi futbolchisi Mauro Junior Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 27 yoshli futbolchi italiyalik mutaxassisning ish uslubini yuqori baholab, undan olgan maslahatlari haqida so‘zlab berdi.

Mauro Junior sentyabr oyidagi xalqaro o‘yinlar uchun ajratilgan tanaffusda ilk bor Braziliya milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi.

U 25 sentyabr kuni Avstraliyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda terma jamoa safida debyut qildi. Futbolchi bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushdi.

Shuningdek, Mauro Junior avstraliyaliklarga qarshi ikkinchi o‘yinda ham ishtirok etdi. Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvda esa golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi ESPN nashriga bergan intervyusida Anchelotti bilan ishlash taassurotlari haqida to‘xtaldi.

«U afsonaviy murabbiy. Jamoani juda yaxshi boshqaradi. Shu bilan birga, u nihoyatda samimiy inson. Anchelotti meni birinchi o‘yindayoq maydonga tushirib, o‘zimga bo‘lgan ishonchimni sezilarli darajada oshirdi.

Ikkinchi uchrashuvda esa u menga aqlliroq harakat qilishim kerakligini aytdi. Chunki mening oldimda Vinisius Junior o‘ynayotgan edi. Men unga yordam berishim kerak edi», — dedi Mauro Junior.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi joriy mavsumda Niderlandiya chempionatining 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali Mauro Juniorning transfer qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:44, 08.10.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик