«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Jek Uilsher u birga to‘p surgan futbolchilar orasida eng ko‘p noliydigan o‘yinchi kim bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
«Aleksis Sanches. Aytgancha, u umuman “Arsenal”dan ketmasligi kerak edi», — deya Uilsherning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksis Sanches 2014–2018 yillarda «Arsenal» sharafini himoya qilgan. Chililik futbolchi ushbu davrda 166 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urdi va 44 ta golli uzatmani amalga oshirdi. London klubidagi faoliyatidan so‘ng Sanches APLning yana bir top-klubi — «Manchester Yunayted»ga o‘tdi.
Hozir 34 yoshda bo‘lgan Jek Uilsher futbolchilik faoliyatini ancha avval yakunlagan. 37 yoshli Aleksis Sanches esa MLSdagi «Monreal» klubi sharafini himoya qilmoqda.













