«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Galatasaroy»ning transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya grandi portugaliyalik yarim himoyachini avval ham qo‘lga kiritishga uringan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Endi klub Fernandeshga bo‘lgan qiziqishini yana tiklagan.
Fernandesh xizmatlariga «Milan» va «Yuventus» ham qiziqmoqda. Biroq har ikki klub ham «Galatasaroy» taklif qilayotgan shartlarni takrorlashga tayyor emas. Hozircha aynan Turkiya klubining taklifi futbolchi uchun eng jozibadori hisoblanmoqda.
32 yoshli Fernandesh joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.













