«Brentford»ning qanot himoyachisi Maykl Kayode faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» 22 yoshli italiyalik futbolchining o‘yinidan hayratda va klubning moliyaviy hisobot bilan bog‘liq muammolariga qaramay, uni sotib olishdan manfaatdor.
Biroq «Brentford» Kayodeni qo‘yib yuborishni istamoqda. Klub futbolchini o‘zining kelajakdagi loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi. Shuningdek, himoyachiga «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Kayode joriy mavsumda barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt mutaxassislari uning transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.













