Londonning «Arsenal» klubi sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsher futbolchilik faoliyati davomida birga to‘p tepgan eng kuchli futbolchi kim bo‘lganini ma’lum qildi.
Angliyalik sobiq futbolchi bu borada «Manchester Yunayted» afsonasi Ueyn Runini tanladi. Ular o‘z vaqtida Angliya milliy terma jamoasi safida birgalikda harakat qilishgan.
«Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Ueyn Runi», — deya Uilsherning javobini keltiradi The Touchline.
Ma’lumot uchun, Jek Uilsher Angliya milliy terma jamoasi safida jami 34 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu bahslarda yarim himoyachi ikkita gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Ueyn Runi esa milliy jamoada ancha yuqori natijalar qayd etgan. U Angliya terma jamoasi safida 120 ta uchrashuvda ishtirok etib, 53 ta gol va 21 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Runi klublar miqyosidagi faoliyati davomida «Everton», «Manchester Yunayted», AQSHning «Di Si Yunayted» hamda «Derbi Kaunti» jamoalari sharafini himoya qilgan.













