Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Jek Uilsher professional faoliyati davomida o‘ynagan stadionlar orasida eng yaxshi muhitga ega arenani tanladi.
Angliyalik sobiq yarim himoyachi bu borada «Liverpul»ning uy stadioni — «Enfild»ni alohida e’tirof etdi.
«Qaysi stadiondagi muhit eng yaxshisi edi? «Enfild», — deya Uilsherning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Ma’lumot uchun, «Enfild» stadioni «Liverpul» klubining uy arenasi hisoblanadi. Mazkur stadion muxlislar tomonidan yaratiladigan o‘ziga xos muhit va kuchli qo‘llab-quvvatlash bilan mashhur.
Jek Uilsher futbolchilik faoliyati davomida «Arsenal» safida 197 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 28 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Angliyalik futbolchi professional faoliyatini nisbatan erta, 30 yoshida yakunlagan. Ayni paytda u 34 yoshda.













