Dortmundning «Borussiya» klubi bosh direktori Karsten Kramer Germaniya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida bosh murabbiy Niko Kovach bilan yangi shartnoma imzolanishi vaqt masalasi ekanini ma’lum qildi.
Kovachning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Bundesliganing yangi mavsumida jamoa 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va hozircha 4 turdan keyin 100 foizlik natija qayd etgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.
«Biz Niko Kovachni nihoyatda hurmat qilamiz. Ayonki, bu faqat vaqt masalasi. Xalqaro tanaffus paytida barchamiz ham shu yerda bo‘lmaganimiz sababli, hali bir nechta masalani muhokama qilishimiz kerak. Shuning uchun hozircha vaziyat ochiq qolmoqda», — dedi Kramer.













