Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Marokash va Senegal o‘rtasidagi Afrika kubogi finali mojarosi sport arbitraj sudiga yetib bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2025 yilgi Afrika millatlar kubogining Rabot shahrida o‘tkazilgan mojaroli finalidan qariyb to‘qqiz oy o‘tib, Marokash va Senegal yana bir-biriga qarshi bahs olib bormoqda. Bu safar ikki mamlakat vakillari futbol maydonida emas, balki Shveysariyaning Lozanna shahridagi sud majlisida to‘qnash keladi.

Foot Mercato nashri xabar berishicha, 8 oktyabr, payshanba kuni Marokash va Senegal futbol federasiyalari hamda Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) vakillari Sport arbitraj sudida (CAS) o‘z dalillarini taqdim etdi.

Ishni Fransiya vakili Jerald Simon raisligidagi uch kishilik hay’at ko‘rib chiqadi. Uning tarkibiga Luidji Fumagalli va Ulrix Xaas ham kiritilgan.

Mojaro qanday boshlangan?

Bahslarga 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Afrika millatlar kubogi finalidagi voqealar sabab bo‘lgan.

Marokash va Senegal o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda VAR tekshiruvidan so‘ng Marokash foydasiga penalti belgilangan.

Bunga norozilik bildirgan Senegal futbolchilari taxminan 16 daqiqa davomida maydonni tark etgan.

O‘yin davom ettirilgach, Marokash futbolchisi Braim Dias penaltidan foydalana olmagan.

Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Pap Geye gol urib, Senegalga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgan.

Biroq mart oyida CAF apellyasiya qo‘mitasi Senegal futbolchilarining maydonni tark etishini musobaqa qoidalarining buzilishi deb topgan.

Natijada Senegalning g‘alabasi bekor qilinib, Marokashga 3:0 hisobida texnik g‘alaba va chempionlik unvoni berilgan.

Senegal futbol federasiyasi 25 mart kuni mazkur qaror ustidan shikoyat kiritgan.

Tomonlar qanday dalillarni keltirmoqda?

Marokash tomoni musobaqa qoidalarida hech qanday istisno nazarda tutilmaganini ta’kidlamoqchi. Ularning fikricha, jamoa maydonni qanchalik qisqa muddatga tark etganidan qat’i nazar, qoidabuzarlik uchun belgilangan chora qo‘llanishi kerak.

Senegal esa Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) qoidalarining 5-moddasiga tayanib, uchrashuv bosh hakami vakolatlarini asosiy dalil sifatida keltirmoqchi.

Hozircha yakuniy qaror qachon e’lon qilinishi belgilanmagan.

Kiritildi: 17:58, 08.10.2026.
O'qildi: 1394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик