Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Boks. Joshua va Fyurining Kardiffda ringga chiqishi tungi soat 1:00 ga belgilandi

Boks. Joshua va Fyurining Kardiffda ringga chiqishi tungi soat 1:00 ga belgilandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Sobiq og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshua (30-4, 27 KO) va WBC versiyasi bo‘yicha sobiq chempion Tayson Fyuri (36-2-1, 25 KO) o‘rtasidagi jang mahalliy vaqt bilan tungi soat 1:00 da (Toshkent vaqti bilan 5:00 da) boshlanishi kutilmoqda.

Jang Kardiffdagi «Prinsipaliti» arenasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lum qilinishicha, arena tungi soat 03:30 gacha ochiq bo‘ladi.

Jangning bunday vaqtda boshlanishi AQSHdagi praym-taymga mos keladi. Turki Al ash-SHayx va Dana Uayt dastlab aynan Amerika auditoriyasi uchun qulay vaqtni mo‘ljallashgan.

Joshua va Fyuri o‘rtasidagi jang 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsda WBA Super chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi. Ushbu kamar og‘ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Aleksandr Usik o‘z kamarlaridan voz kechganidan so‘ng bo‘sh qolgan.

Fyuri so‘nggi jangida Mariush Vaxni mag‘lub etgan. 46 yoshli polyak jangning sakkizinchi raundiga chiqishdan bosh tortgan.

Joshua esa so‘nggi jangida albaniyalik bokschi Kristian Prengani mag‘lub etgan. Prenga birinchi raundda Joshuani ikki marta nokdaunga uchratgan, biroq britaniyalik bokschi jangni davom ettirib, ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgan.

Kiritildi: 18:45, 08.10.2026.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик