Shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Uning Angliya Premyer-ligasiga qaytish imkoniyatlari bor, shu bilan birga, «Napoli»da qolishi ham mumkin.
Biroq buning uchun klub ko‘proq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. calcionapoli1926.it nashrining Italiyadagi Il Mattino nashriga tayanib xabar berishicha, Maktominay yiliga 8 million yevro maosh olishni istamoqda.
Hozirda futbolchi 3 million yevrodan sal ko‘proq maosh oladi. Manba ta’kidlashicha, u «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis uchun ustuvor futbolchilardan biri hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, shotlandiyalik futbolchi 2024 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda.













