Lissabonning "Sporting" klubi qanot hujumchisi Flaviu Gonsalvesh Yevropaning bir qator jamoalari transfer ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli istiqbolli futbolchining o‘yinlarini Germaniya Bundesligasining uchta klubi — Leverkuzenning "Bayer", Dortmundning "Borussiya" hamda "RB Leypsig" jamoalari kuzatib bormoqda.
O‘z navbatida, "Sporting" futbolchini 60 million yevro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
Gonsalveshning Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Flaviu joriy mavsumda Portugaliya chempionatining oltita uchrashuvida maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













