Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida "Buxoro" va "Andijon" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
"Buxoro FA" stadionida o‘tadigan uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. Bahs oldidan jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
"Buxoro": Umidjon Hamroyev, Xurshidbek Muxtorov, Kiril Todorov, Sardor Qulmatov, Shahboz Jo‘rabekov, Sherzod Esanov, Ozodbek Rajabov, Muhammad Yo‘ldoshev, Vladimir Rodich, Asadbek Jo‘raboyev, Temur Mamasiddiqov.
"Andijon": Artyom Potapov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Odilbek Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Humoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Doniyor Abdumannopov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov, Usmonali Ismonaliyev, Martin BoakYE.
Uchrashuvni Rustam Choriyev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sardor Hakimov va Ruslan Samandarov yordam beradi. Zaxira hakami — Javohir Sadaqulov.
Bahsda G‘ayrat Jo‘rayev VAR, Husan Xudoyberdiyev esa AVAR hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv nazoratchisi — Konstantin Smirnov, komissar — Shohruh Said.
"Buxoro"ni Aleksandr Xomyakov, "Andijon"ni esa Islomjon Ahmedov boshqarmoqda.













