Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxelning Koul Palmer haqidagi tanqidlariga javob qaytardi.
Avvalroq Tuxel yarim himoyachining milliy jamoa o‘yinlarini haddan tashqari ko‘p o‘tkazib yuborayotganini ta’kidlagan edi.
Palmer milliy terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan so‘nggi uch haftalik tanaffusda Angliya terma jamoasiga qo‘shilmadi. U jarohatidan tiklanish uchun klubning mashg‘ulot bazasida qoldi.
"U milliy terma jamoasiga sodiq, ammo maydonga tushish uchun to‘liq tayyor bo‘lishi kerak.
Palmer to‘liq tayyor bo‘lganida, maydonda o‘tkazgan vaqtidan zavq oladi.
U ham "Chelsi"ga, ham Angliya terma jamoasiga kerak", — dedi Alonso.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Palmer so‘nggi bir hafta davomida mashg‘ulotlarda ishtirok etgan va o‘zini ancha yaxshi his qila boshlagan.
Biroq "Chelsi" futbolchining maydonga qaytish jarayonini tezlashtirishni istamagan.













