Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Mourinyo Artetaning so‘zlari misolida «Real»da nimalar bo‘lmasligi kerakligini tushuntirdi

Mourinyo Artetaning so‘zlari misolida «Real»da nimalar bo‘lmasligi kerakligini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu «qaymoqranglilar» kabi darajadagi jamoa bir necha yil davomida yuqori natijalarga erisha olmaslikka haqqi yo‘q, deb hisoblaydi.

«Maydonda samarali ish kam bo‘lsa, har bir tafsilotni tahlil qilish uchun ko‘proq vaqtingiz bo‘ladi. Dastlabki davrda biz ko‘plab yaxshi jihatlarni va nimalarni yaxshilash kerakligini aniqladik. Ammo bu hamma narsani tubdan o‘zgartirishimiz kerakligini anglatmaydi. Buning uchun mehnat va vaqt zarur.

Kecha «Real»da bo‘lmasligi kerak bo‘lgan bir qiziq holat haqida o‘qidim. Mikel Arteta «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirdi. U bu jamoada to‘rt-besh yildan beri ishlamoqda va hali hammasi endi boshlanayotganini, oldinda ko‘p ish turganini aytdi.

«Real» so‘nggi mavsumlarda murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Boshqa klublar uchun odatiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar bu yerda odatiy hisoblanmaydi. «Real» shu qadar ko‘p sovrinlar qo‘lga kiritganki, bu yerda barcha narsaga boshqacha mezonlar bilan qaraladi. Bizga yanada yaxshilanish uchun vaqt kerak.

Murabbiy sifatida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizni tan olishdan uyalmayman. Chunki o‘sha bahsda 11 nafar futbolchi 9 nafar raqibga qarshi o‘ynashi kerak edi. Bu haqiqat, ammo men bu masalaga berilib ketolmayman. Nazoratimizda bo‘lgan jihatlarni yaxshilash yo‘llarini izlashim kerak. Ertaga ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va o‘yinimizni yaxshilash uchun tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirishga harakat qilamiz», — deya Mourinyuning so‘zlarini «Real» klubi rasmiy sayti keltirmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:40, 10.10.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик