Ispaniya ommaviy axborot vositalari Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing navbatdagi turida "Vilyarreal"ga qarshi qanday tarkibni tanlashi mumkinligini taxmin qildi.
Uchrashuv 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan 11 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.
Diario AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Mourinyu braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning ayni paytdagi o‘yinlari unchalik ishonarli bo‘lmasa ham, unga yana asosiy tarkibdan joy berishi kutilmoqda.
Yan Diomande esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi taxmin qilinmoqda.
"Real"ning taxminiy asosiy tarkibi:
Darvozabon: Tibo Kurtua.
Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold, Ibraima Konate, Antonio Ryudiger, Mark Kukurelya.
Yarim himoyachilar: Orelyen Tchuameni, Bernardu Silva, Arda Gyuler, Jud Bellingem, Vinisius Junior.
Hujumchi: Kilian Mbappe.
Ayni paytda "Real" Ispaniya La Ligasining yetti turidan so‘ng 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













