Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau Turkiya chempionatiga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Juma kuni «Ali Sami Yen» stadionida bo‘lib o‘tgan Turkiya Superligasining 7-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda «Galatasaroy» «Qosimposho»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Biroq «Milan»ning sobiq hujumchisi ushbu bahsda o‘zini ko‘rsata olmadi.
Leau uchrashuv boshidayoq sariq kartochka oldi, o‘yin davomida yorqin harakatlari bilan ajralib turmadi va 67-daqiqada zaxiraga olindi.
Tribunalardan uning sha’niga qarsaklar yangramadi. Shu bilan birga, Italiyada kuzatilganidek, futbolchiga nisbatan hushtakbozlik ham bo‘lmadi.
Biroq turkiyalik muxlislarning sabrsizligini hisobga olsak, bunday munosabat paydo bo‘lishi faqat vaqt masalasi bo‘lishi mumkin.
«Galatasaroy» chempionatda navbatdagi uchrashuvini 18 oktyabr kuni safarda «Genchlerbirligi»ga qarshi o‘tkazadi.













