«Barselona» Ispaniya La Ligasining 8-turidan keyin ham turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar mavsumning dastlabki 8 ta uchrashuvida yuz foizlik natija qayd etib, imkoniyatdagi 24 ochkodan barchasini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda «Barselona» 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onada borayotgan «Atletiko» kataloniyaliklardan 5 ochkoga ortda qolmoqda. Uchinchi o‘rindagi «Real»ni esa peshqadamdan 6 ochko ajratib turibdi.
Hozircha kuchli to‘rtlikni 16 ochko bilan «Betis» yakunlab bermoqda. Shuningdek, sevilyaliklar zaxirasida yana bitta o‘yin mavjud.













