Fransiyalik taniqli sobiq futbolchi Jerom Roten Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Yan Diomandening "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
19 yoshli futbolchi mazkur bahsning 63-daqiqasida yagona golni kiritib, madridliklarga 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Bu kot-d'ivuarlik vingerning "Real" safidagi ilk goli bo‘ldi.
"Diomande bugun namunali o‘yin namoyish etdi. U tobora ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda va maydonda samarali harakat qilyapti. Aynan shu narsa undan kutilmoqda.
Birinchi bo‘limda u gol yoki golli uzatma qayd etmagan bo‘lsa-da, jamoasining hujumlarida asosiy figuralardan biri bo‘ldi.
U asosiy tarkibdan doimiy joy egallay oladimi, bilmayman. Ammo bu Joze Mourinyu uchun yoqimli boshog‘riq. Diomandeda o‘zini ko‘rsatish uchun albatta imkoniyatlar bo‘ladi", — deya Rotenning so‘zlarini keltiradi Actu Foot.
Eslatib o‘tamiz, Yan Diomande o‘tgan yozda Germaniyaning "RB Leypsig" klubidan "Real"ga ko‘chib o‘tgan edi. Madridliklar ushbu transfer uchun bonuslar bilan birga 140 million yevro to‘lashi ko‘zda tutilgan.













