"Chelsi" yarim himoyachisi Jordan Xenderson Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi ilk gollarini kiritdi.
Tajribali futbolchi "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, londonliklarning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, Xenderson 36 yoshu 115 kunligida APL doirasida "Chelsi" safida gol urgan, Jon Terridan keyingi eng yoshi katta angliyalik futbolchiga aylandi.
Bunga qadar ushbu ko‘rsatkichga Jon Terri erishgan edi. "Chelsi"ning sobiq sardori 2017 yil may oyida "Uotford"ga qarshi uchrashuvda 36 yoshu 159 kunligida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
O‘sha mavsum Terri uchun "Chelsi" safidagi so‘nggi mavsum bo‘lgan. Shuningdek, londonliklar aynan 2016/2017 yilgi mavsumda oxirgi marta Angliya chempioniga aylangan edi.
"Chelsi" Angliya Premyer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr, shanba kuni "Everton"ga qarshi o‘tkazadi.













