Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turnirining navbatdagi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Hamyurtlarimiz musobaqada bitta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Najmiddin Qosimhojiyev finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ozoda Sobirjonova esa yarim finalga qadar yetib bordi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Shu tariqa, Parij Gran-prisida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi sovrinlar qo‘shildi.













