Turkiya Superligasining 7-turi doirasida "Konyaspor" o‘z maydonida "Bashakshehir"ni qabul qildi.
Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bahsni istanbulliklar safida Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi. Abbosbek Fayzullayev 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ushbu natijadan so‘ng "Bashakshehir" 7 ta uchrashuvda 8 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘rinni egalladi. "Konyaspor" esa 7 bahsdan keyin 5 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.













