"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa uchun yangi hujumchini tanladi, deb xabar beradi El Nacional nashri.
Germaniyalik murabbiy "Manchester Yunayted" hujumchisi Benjamin Sheshkoga tobora ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Hujumchi 2025 yildan "Qizil iblislar" bilan shartnoma imzolagan va "Leypsig"dan kelib qo‘shilgan.
Benjamin Sheshko "Manchester Yunayted" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va bitta golli uzatma bergan. Transfermarkt uning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.













