Italiya chempionatining oltinchi turida «Roma» joriy mavsumda ikkinchi bor ochko yo‘qotdi. Jan Pyero Gasperini shogirdlari «Komo»ni mag‘lub eta olmadi va jamoalar o‘zaro bahsda gol ura olmay, durang qayd etishdi.
Poytaxt jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyatlariga yetakchi futbolchilaridan biri — niderlandiyalik hujumchi Doniell Malenning maydondan chetlatilishi salbiy ta’sir ko‘rsatdi. U qizil kartochka oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu Malenning butun klub faoliyati davomidagi ilk bor maydondan chetlatilishi bo‘ldi. U faoliyati davomida Germaniya va Angliya chempionatlarida ham to‘p surgan.
A Seriyaning keyingi turida «Roma» 17 oktyabr kuni «Jenoa»ga qarshi maydonga tushadi.













