Italiyaning «Milan» klubi «Sassuolo»ga qarshi uchrashuvda nafaqat ochko yo‘qotdi, balki Matteo Gabbiyadan ham jarohat sababli ayrildi. Portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim bu holatdan xafa ekanini bildirdi. U Gabbiyani jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblaydi.
«Hozircha Gabbiyaning jarohati qanday ekanini va uning og‘irlik darajasini bilmayman. Matteo asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, jamoamiz uchun muhim futbolchi hisoblanadi. Uning uchun juda afsusdaman. Uning yuzidagi og‘riqni ko‘rdim», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati A Seriyaning keyingi turida «Milan» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qiladi.













