Angliyaning «Liverpul» klubi «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi taymi o‘rtalarida bir futbolchisi kam bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng jamoa raqib darvozasidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi. «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Rayan Gravenberxning ikkita sariq kartochka tufayli maydondan chetlatilishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Birinchi vaziyatda sariq kartochka ko‘rsatilmasligi kerak edi. Anderson yana bir necha qadam yurdi, u hatto qoidabuzarlikni qayd etish niyatida ham emasdi. Nima uchun sariq kartochka ko‘rsatganini tushunmayman.
To‘p ortida bizning to‘qqiz nafar futbolchimiz bor edi. Teng tarkibda ham ularga qarshi pressing qilish qiyin, kamchilik bo‘lib qolganingizda esa o‘yin butunlay o‘zgaradi. Ustiga-ustak, zaxira almashinuvini amalga oshirishga ulgurmasimizdanoq gol o‘tkazib yubordik. 0:1 hisobida mag‘lub bo‘layotganingizda boshqacha harakat qilishingiz kerak», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.













