Taniqli insayder Kristian Falk «Bavariya»ning «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland transferi bo‘yicha pozisiyasini ochiqladi.
Germaniya grandi norvegiyalik futbolchini transfer qilishdan manfaatdor emas. Myunxenliklar uning transfer qiymati yuqoriligi va maoshi kattaligi sababli Xoland nomzodini ko‘rib chiqmayapti.
Hujumchining «Manchester Siti» bilan mehnat shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi. Futbolchi joriy mavsumda yettita uchrashuvda yettita gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland avval Germaniyada ham to‘p surgan. U Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilgan.













